Vazir kubogi

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Chorshanba — sport kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan akademiya xodimlarining sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida xodimlar oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻzaro ahillik, jamoaviy hamjihatlik va sportga boʻlgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlar sportning nafaqat jismoniy chiniqish, balki doʻstlik va birdamlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan