IZCHIL ISLOHOTLAR – KELAJAK POYDEVORI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning  “Yangi О‘zbekiston” gazetasida nashr etilgan “Yangi О‘zbekiston demokratik о‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhali intervyusini mutolaa qilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, tub о‘zgarishlarning asil mohiyatini yanada chuqur angladim.

Ushbu intervyuda samimiy, jonkuyar, fidoiy va xalqparvar davlat rahbarining odilona, oshkora  siyosati tufayli qisqa muddat ichida erishilgan yutuqlar naqadar ulkan ekani yaqqol anglashiladi.

Davlat rahbari tomonidan “Yangi О‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” sо‘zlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar nimalardan iborat ekani tо‘g‘risida chuqur mulohazalar keltirilgan. Mazkur teran fikrlar, kishini о‘yga toldiradigan javoblar har bir fuqaro qalbida daxldorlik, vatanparvarlik hislarini yanada tо‘lqinlantiradi. Bugungi kunga shukronalik va kelajakka ishonchni mustahkamlaydi.

Millat, xalq, davlat taraqqiyotining tub asosi hisoblangan madaniy- ma’rifiy sohalar rivoji haqida sо‘z yuritar ekan, Prezidentimiz “Keyingi yillarda madaniy-gumanitar yо‘nalishda – madaniyat, kino, raqs va tasviriy san’at sohalarini, adabiyot va kitobxonlikni rivojlantirish bо‘yicha amalga oshirayotgan ishlarimiz xalqimizga yaxshi ma’lum albatta. Xususan, xalqaro maqom anjumani, baxshichilik va milliy hunarmandchilik festivallarini tashkil etganimiz va yuksak saviyada о‘tkazganimiz Yangi О‘zbekistonni dunyoga keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bо‘ldi”-deb, alohida ta’kidlab о‘tdi.

Darhaqiqat, sо‘nggi besh yillikda jamiyatning barcha sohalari kabi madaniyat va san’atga qaratilgan e’tibor, g‘amxо‘rlik sabab bu sohada ham izchil о‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, raqs san’atiga berilgan alohida e’tibor – davlatimiz rahbarining “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori va ushbu qarorga asosan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining tashkil etilishi о‘zbek raqs san’atiga haqiqiy ma’noda hayot baxsh etdi. Qaror bilan milliy raqsning turli yо‘nalish va namunalari, mamlakatimizning turli mintaqalarida shakllangan mumtoz raqs maktablarini qayta tiklash, bu boradagi ta’lim-tarbiya ishlarini kuchaytirish belgilandi.

Shuningdek, “Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorga muvofiq milliy raqs san’atida professional badiiy jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish, shu bilan birga, о‘zbek raqs san’atining “oltin fondi”ni yaratish maqsadida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblining qayta tashkil etilishi chin ma’noda о‘zbek raqsiga bahorni qaytardi.

Qolaversa, milliy merosimiz hisoblanmish “Lazgi”ning YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy meros obyektlari rо‘yxatiga kiritilgani о‘zbek milliy raqs maktabining jahon miqyosidagi e’tirofidir. Endilikda bu raqsni saqlab qolish, rivojlantirish va keng tarqatish uchun yanada kо‘proq e’tibor qaratiladi.

Yana bir quvonarli yangilik –  2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivalini о‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan kо‘zlangan maqsad о‘zbek raqs san’atining eng nodir durdonalaridan biri bо‘lmish “Lazgi” an’analarini saqlash, targ‘ib etish, uni sof holda kelgusi avlodga yetkazish, yosh ijrochilarni qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, о‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mumtoz raqs san’atimizga bо‘lgan qiziqishlarni oshirish, uni о‘rganish va о‘zlashtirish hamda uning badiiy mazmunini keng targ‘ib etishdan iboratdir.

Raqs san’atidagi bunday izchil о‘zgarishlar, yutuqlar Yangi О‘zbekiston taraqqiyotiga hamohang tarzda kechayotgani biz uchun ham quvonarli, ham faxrlanarli xoldir. Zero, Prezident ta’biri bilan aytganda, “Yangi О‘zbekistonni barpo etish – yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur о‘rganib, ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yо‘limizni yangi bosqichda davom ettirish demakdir”.

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

SH.M.Toxtasimov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan