Bugun Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy Kengashining 2021/2022 oʻquv yilidagi ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

#ETIROF #TABRIK

 

Yigʻilishda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari qatorida “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan akademiya professor-oʻqituvchilariga mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Ushbu mukofot bilan Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, “SHuhrat” medali sohibi, dotsent SHuhrat Toxtasimov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, professor Nozim Qosimov, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Dildora Qosimova, “Xoreografiya” kafedrasi oʻqituvchilari Erkinoy Saitova, Aydin Yeshimbetova hamda dekan oʻrinbosari Mansur Shukurlayev taqdirlandi.

Akademiyamizning barcha professor-oʻqituvchilari va xodimlari nomidan ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik va kelgusidagi faoliyatlarida bundanda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan