Xalqaro aloqa – mahorat darsi

Joriy yilning 19–20-may kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” xalqaro forumi hamda “Turkiy musiqa va raqs an’analarini saqlab qolish, o‘rganish, tadbiq etish va rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli” X simpoziumi doirasida “Inklyuziv ta’limda xoreografiya san’ati va uning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda AQSH, Kanada, Turkiya hamda Tuva davlatlaridan tashrif buyurgan soha vakillari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ta’lim, madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, seminar yakunida xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan