OʻZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASIDA YANGI OʻQUV YILINING BIRINCHI KUNI

Kuni kecha Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 1-kurs talabalariga “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Ushbu dars professor-oʻqituvchilar tomonidan vatanga boʻlgan muhabbat, farzandlik burchi kabi yuksak insoniy fazilatlar, mustaqillikdek oliy neʼmatni qadrlash, asrab-avaylash zarurligi, shuningdek, soʻnggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyoti, bu borada amalga oshirilgan islohotlar, bugungi kundagi keng imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼruzalar qilindi.

Qolaversa, bugundan boshlab “Mustaqillik darslari” bilan birgalikda, 1-kurs talabalari uchun akademiyada bir haftalik dastlabki tanishtiruv jarayonlari boʻlib oʻtadi. Joriy oʻquv yilidan boshlab akademiyada 2021-2022-oʻquv yili uchun talabalikka qabul qilingan talabalar kredit-modul taʼlim tizimiga oʻtgani munosabati bilan ularga ushbu tizimning oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, mazmun-mohiyati boʻyicha atroflicha tushuntirishlar olib boriladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan