TTJda talabalar bilan ochiq muloqot

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.Toxtasimov tomonidan Talabalar turar joyida navbatdagi talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘quv jarayoni hamda mavjud taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot chog‘ida talabalarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi. Akademiya rahbariyati tomonidan talabalarning munosib ta’lim olishi va qulay yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan