Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan 5-Xalqaro investitsiya forumi doirasida Janubiy Koreya, Pokiston, Latviya, Hindiston va Qatar davlatlaridan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Yakkasaroy tumanidagi O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida mehmon bo‘ldilar.

Yakkasaroy tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbir davomida mehmonlar milliy amaliy san’atimizning noyob namunalari, xalqimizning boy madaniy merosi va asrlar davomida sayqallangan hunarmandchilik an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

Musiqa, san’at va madaniyat xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi, qalblarni yaqinlashtiruvchi bebaho ko‘prikdir.

Mazkur tadbir nafaqat mamlakatimizning boy madaniy merosini namoyish etish, balki xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va o‘zaro madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan