Yangi o‘quv yili oldidan Yoshlar yetakchilari faoliyati amaliy jihatdan tahlil qilinmoqda.

Poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlarida Yoshlar yetakchilarining o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyatini tahlil qilish, bajarilgan ishlarning amaliy natijasini ko‘rish hamda yangi o‘quv yilidagi vazifalarni aniq belgilab olishga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.
🗓 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yoshlar yetakchilari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yetakchilarning yillik va oylik ish rejalari, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari, talabalar murojaatlari va ularning yechimi, loyiha hamda tashabbuslarning qamrovi va natijadorligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, faol va iqtidorli talabalar bilan ishlash, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, klub va to‘garaklar faoliyati, o‘tkazilgan loyihalarda talabalarning real ishtiroki hamda hisobotlarda ko‘rsatilgan natijalarning amaldagi holatga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan