DIQQAT QABUL!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga 17.00.09 – “Xoreografiya san’ati” ixtisosligi bо‘yicha (Phd)ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
 
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
 
Qisqacha biografik maʼlumot;
Oliy taʼlim muassasasi diplomi (magistr va bakalavr);
Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
 
Hujjatlar daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi. 
Ma’lumot о‘rnida, tayanch doktorantura (PhD)ga tasdiqlangan kvota bо‘yicha 1 ta о‘ringa mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bо‘lib о‘tadi.
 
Murojaat uchun:
+998 90 821 54 44,
@tursunovna_sh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan