Kuni kecha, 9-oktyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Nargiza Alimova boshchiligida bir guruh mas’ullar tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini nazorat qilish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, mavjud muammo va ehtiyojlari o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida talabalarga sovuq mavsumda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bunday o‘rganishlar talabalarning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida aniqlash hamda yoshlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.








