Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!

O’ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

🎓 Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

✨ Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

💐 Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan