«Hokim va yoshlar uchrashuvi»

Joriy yilning 6-oktabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Hokim va yoshlar uchrashuvi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligidagi mas’ullar akademiya talaba-yoshlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va takliflar borasida suhbat olib borishdi.

Talabalar tomonidan Talabalar turar joyida sharoitlarni yanada yaxshilash, akademiyada media-markaz tashkil qilish bo’yicha berilgan takliflarga tuman hokimi ijobiy munosabat bildirib, ushbu masalalar o’rganib chiqilishini ta’kidladi.

Shuningdek, tuman hokimi talabalar kelajak egalari ekanligi, ularning bugungi kundagi eng muhim vazifalari berilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda chuqur bilim olishlari, yetuk mutaxassis sifatida jamiyatga eng kerakli shaxs bo’lib yetishishlari zarurligi haqida alohida to’talib o’tdi.

Savol-javob, taklif va mulohazalarga boy tarzda o’tgan suhbatdan so’ng tuman hokimi va mas’ullar TTJ va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishib chiqdilar.

Davra suhbati so’ngida bildirilgan takliflar yuzasidan zarur choralar ko’rilishi belgilab olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan