Joriy yilning 13-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi psixologi Ra’no Xolmatova tomonidan talabalar ishtirokida “Inson qadr-qimmati yo‘lida!” mavzusida ma’rifiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida inson qadr-qimmatini e’zozlash, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, muloqot madaniyati, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek, kamsitish va haqoratli xatti-harakatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbir talabalarda shaxsiy mas’uliyatni oshirish, sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va jamoada ijobiy psixologik muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

