Yoshlar murojaati eshitildi

Bugun Yakkasaroy tumanidagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida payshanba “Yoshlar kuni” munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
 
🔷 Unda Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari D.Rasulmuxamedova, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i H.Rajapov mas’ul tashkilot rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

👉 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, xorijda o‘qish, zamonaviy kasblar, xavfsizlik va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan ochiq va dolzarb savollar berildi.

💠 Eng muhimi birorta savol javobsiz qolmadi. Yoshlarning fikri tinglandi, takliflari qayd etildi va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

💠 Bu uchrashuv yana bir bor Yakkasaroyda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot eng ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini namoyon etdi.

Manba: Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan