«Mustaqillik davri o’zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari»

#yosh_olimlar #ilmiy_seminar

Bugun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yosh olimlar Kengashida «Xoreografiya» kafedrasi o’qituvchisi, yosh taqdqiqotchi Gulasal Usmonovaning «Mustaqillik davri o’zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan seminar tashkil etildi.

G.Usmonova mazkur tadqiqotining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, uning bugungi kundagi ahamiyati, ilmiy izlanishlari davomida duch kelgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ma’ruza qildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan yosh olimga mavzu yuzasidan savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.

Ushbu ilmiy seminar yosh tadqiqotchilar uchun maktab vazifasini o’tab, ilmiy tadqiqot olib borishda ahamiyat qaratilishi zarur bo’lgan yo’nalishlar yanada kengroq ochiqlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan