Xalqaro hamkorlik va kasbiy e’tirof

Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi professori v.b. Saitova Erkinoy Yakubovna Qozoğiston Respublikasining Olmaota şahrida Qozoğ‘iston Milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti taklifiga binoan, xalqaro miqyosdagi ilmiy, ta’limiy va ijodiy tadbirlarda iştirok etmoqda.

Jumladan, koriy yilning 28-oktyabr kuni «ӘБІРОВ ӘЛЕМІ» («Abirov olami») loyihasi doirasida Olmaota şahrida bölib ötgan “Köpmadaniyatli jamiyatda san’at: an’analar va innovatsiyalar” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etdi.

Mazkur konferensiya doirasida 2026-yil 27-oktyabrdan 7-noyabrga qadar Qozoğ‘iston Milliy xotin-qizlar pedagogika universitetida taşkil etilgan “Xoreografiya fanlarini öqitişning zamonaviy metodlari” mavzusidagi 80 soatlik pedagoglarning malakasini oşiriş kursida ham iştirok etmoqda. Kurs xoreografiya fanlarini öqitişning zamonaviy metodlarini özlaştiriş, ilğor pedagogik yondaşuvlar bilan tanişiş va kasbiy tajriba almaşişga qaratilgan.

Şuningdek, 1-noyabr kuni Olmaota şahrida bölib ötgan bolalar va yoşlar ijodiyotining “Almaty Bi Juldyzdary” II Xalqaro san’at tanlovida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida iştirok etdi. Bu professorning ko‘p yillik pedagogik faoliyati, kasbiy mahorati va xoreografiya san’ati sohasidagi tajribasining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

Xalqaro malaka oşiriş doirasida E.Saitova o‘zbek milliy raqs san’ati böyiça bir neçta mahorat darslarini ötkazib, milliy raqsimizning öziga xos ijro uslubi, an’analari va boy badiiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etdi.

Professorning xalqaro tadbirlardagi iştiroki va amaliy faoliyati xoreografiya ta’limi va san’ati sohasida tajriba almaşiş, zamonaviy öqitiş metodlarini ommalaştiriş, milliy raqs san’atini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş hamda mamlakatlar örtasidagi ilmiy-ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan