Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bölïmi (FVB) inspektori, serjant I.A.Olimov hamkorligida yonğin xavfsizligi qoidalariga bağişlangan amaliy öquv-maşğulotlari taşkil etildi.
Maşğulotlar davomida talabalar va xodimlarga yonğin sodir bölgan holatlarda töğri harakatlaniş tartibi, öt öçirgiçlardan samarali va xavfsiz foydalaniş qoidalari, şuningdek, favqulodda vaziyatlarda binoni maxsus evakuatsiya yölaklari va çiqiş eşiklari orqali xavfsiz tark etiş tartibi yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, amaliy maşğulotlar orqali iştirokçilarning favqulodda vaziyatlarda tezkor va töğri qaror qabul qiliş, xavfsizlik qoidalariga rioya etiş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Yonğin xavfsizligi


