Inson kamoloti, hayotda öz örnini topişi, yuksak maqsadlar sari intilişi va Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşişi, avvalo, uning olgan ta’limi, şakllangan dunyoqaraşi va ma’naviy tarbiyasi bilan çambarças boğliq.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan maktubi ana şu hayotiy haqiqatlarni özida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatga ega. Unda bir oilaning samimiy mehri va avlodlar örtasidagi ma’naviy riştalar bilan bir qatorda, yoş avlod kelajagi, Vatan taqdiri va jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyat haqidagi çuqur hayotiy muşohadalar öz ifodasini topgan.
Mazkur maktubning mazmun-mohiyatini yoşlar ongiga çuqurroq singdiriş, unda ilgari surilgan ezgu ğoyalar va hayotiy saboqlarning ahamiyatini oçib beriş maqsadida Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Şuxrat Toxtasimov birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçrashuv davomida rektor Prezidentning maktubini talabalarga öqib eshittirib, unda bayon etilgan fikrlar, hayotiy tajriba va samimiy nasihatlarning tub mohiyati xususida atrofliça söz yuritdi.
Maktubda ilgari surilgan ilmga çanqoqlik, vaqtning qadriga yetiş, mehnatsevarlik, qat’iyat, boşlangan işni oxiriga yetkaziş, Vatanga sadoqat va inson sifatida yuksak fazilatlarga ega böliş kabi tamoyillar har bir yoşning hayotiy qaraşlari va kelajak maqsadlarida muhim örin tutişi lozimligi ta’kidlandi.
Ayniqsa, san’at va ijod yö‘lini tanlagan yoşlar uçun iste’dodning özi kifoya emasligi, uni muntazam mehnat, izlaniş, intizom va mas’uliyat bilan boyitib boriş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Zero, milliy san’atning kelajagi — bugun bilim olayotgan, mahorat egallayotgan va öz oldiga yuksak maqsadlar qöyayotgan yoş avlodning salohiyatiga bog‘liq.
Zero, bugungi yoşlarga berilgan ta’lim va tarbiya — ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevoridir!





