DIQQAT, E’LON!

 

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning o’z iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni rag’batlantirish maqsadida «Yil talabasi – 2021» Respublika tanlovi o’tkaziladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

a) «Yilning eng faol bilimdon talabasi» (o’z mutaxassisligi bo’yicha), bunda talabaning fanlarni o’zlashtirishi ya o’quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko’rib chiqiladi;

b) «Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi», bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ’ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o’zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi;

d) «Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi», bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g’oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko’rib chiqiladi;

e) «Yilning eng faol sportchi talabasi», bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o’tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;

f) «Yilning eng faol bloger talabasi», bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda o’zi yaratgan ta’lim olishga talaba-yoshlarni targ’ib qiluvchi ishlanmalari va oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faollik darajasi hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi;

g) «Yilning eng faol ijodkor talabasi», bunda talabaning o’zi tanlagan mutaxassisligi yo’nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;

h) «Yilning eng faol tadbirkor talabasi» (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan talaba-qizlaming erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko’rib chiqiladi.

Ushbu tanlovning akademiya bosqichida ishtirok etish istagida bo’lgan talabalardan hujjatlarini joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh. Xudoynazarovaga taqdim etishlari so’raladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan