Ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 19-noyabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini oʻrganish hamda targʻib etish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Oʻzbek sanʼatining gultoji boʻlgan maqom sanʼatiga bagʻishlangan “Shashmaqom sehri” nomli ushbu madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda O’zbekiston musiqa san’ati namoyondalari, honanda va sozandalar, shuningdek, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o’qituvchilari va bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Milliy musiqa san’ati tarixi, maqomlarimizning maʼnaviyatimiz boyishidagi ahamiyati haqida davra suhbati, jonli ijrodagi kuy va qo’shiqlar qatorida akademiya talabalari tomonidan ijro etilgan raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur bo’ldi.

Tadbir so’ngida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan akademiya talabalari orasida “Kelajak mayogʻim, gʻururim – Bayrogʻim!” mavzusidagi tanlov g’oliblari taqdirlandilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan