SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 25-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi bilan hamkorlikda «Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati» mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Unda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining professor-o’qituvchilari H.Hamroeva, Sh.Umarov va talabalar faol ishtirok etishdi.

Treningni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hojimatov ochib berdi.
Ushbu seminar-trening davomida bugungi kunda Respublikamizda gender tenglik masalalari, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida so’z yuritildi.

Trening yakunida O’zDXA dotsenti Sh.Umarov boshchiligida talabalarning badiiy chiqishlari ishtirokchilarga hushkayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir savol-javob, fikr-mulohozalarga boy tarzda bo’lib o’tdi va talabalar ushbu seminar-treningdan gender tenglik haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan