«Korrupsiya — kelajakka tahdid»

Joriy yilning 10-dekabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Korrupsiya — kelajakka tahdid» mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbirni akademiya rektori Shuhrat Toxtasimov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng Toshkent shahar prokurorining shaxsiy xavfsizlik bo’yicha katta yordamchisi Boburjon Abdullayev tomonidan prokuratura organlari faoliyati haqida tadbir ishtirokchilariga ko’rgazmali vositalar orqali atroflicha tushuntirishlar berdi. Ma’ruza davomida korrupsiya tushunchasiga to’xtalib, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish lozimligi to’g’risida so’z yuritdi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashda parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan usullaridan foydalanish davlatimiz uchun ham, jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltirishini ta’kidladi.

Ta’lim muassasalarida ta’magirlik bilan bog’liq bo’lgan holatlar chuqur tahlil qilindi. Bu illatning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida soha mutaxassislari hamkorligida davra suhbatlari, uchrashuvlar, profilaktik tadbirlar o’tkazib kelinayotganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Uchrashuv so’ngida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan talaba-yoshlarga badiiy adabiyotlar topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan