“Toshkent yoshlar forumi – 2021”

Joriy yilning 20-dekabr kuni Congress Hall binosida “Toshkent yoshlar forumi – 2021” ochiq muloqoti bо‘lib о‘tdi.

О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning  “Uchinchi renessans: yoshlar va madaniyat” hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Uchinchi renessans: ta’lim mamlakat taqdiri” mavzusidagi qizg‘in muloqotlari jarayonida О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bir guruh professor-о‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv ishtirokchilari Madaniyat vazirligi hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqin kelajakda amalga oshirilishi nazarda tutilgan rejalar haqida atroflicha muloqot olib borib, о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan