Viktorina

#viktorina #bilimdon_talaba

Talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida tashkil etilgan online tadbirlar davom etmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida bugun “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «Yosh san’atshunos» intellektual viktorinasi bo’lib o’tdi. Viktorinada О‘zDXA va akademiyaning Urganch filiali talabalari ishtirok etib, kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

Viktorinada eng faol ishtirok etib, savollarga to’g’ri javoblar yo’llagan “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi O’roqov Zoir g’olib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz! Viktorina davom etadi va g‘oliblarga akademiya tomonidan pul mukofotlari taqdim etiladi. Hurmatli talabalar, siz ham kelgusi online viktorinalarda ishtirok eting va g‘oliblikni qо‘lga kiriting.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan