MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT SOATI BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 3-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida professor-о‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida ma’naviyat va ma’rifat soati bо‘lib о‘tdi.

Ma’naviyat soatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor N.Qosimov kirish sо‘zi bilan ochib, yig‘ilish kun tartibi haqida ma’lumot berdi. Shundan sо‘ng, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi, sotsiologiya fanlari nomzodi M.Rizayeva tomonidan 2022-yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” va 2022–2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlari va mazmun-mohiyati haqida taqdimot orqali atroflicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat soatida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish to’g’risida»gi hamda «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarorlarining mazmun-mohiyati, soha rivojidagi ahamiyati, ushbu qarorlarga muvofiq kelgusida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan