O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Bog‘saroy», «Konstitutsiya» va «Tepa» mahalla fuqarolar yig‘ini Yoshlar yetakchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida akademiya va mahalla Yoshlar yetakchilarining hamkorlik masalalari va kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar tog‘risida kelishib olindi.
Shuningdek, Yoshlar yetakchilari akademiyada talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoyitlar bilan yaqindan tanishdilar.