KITOBXONLIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosbatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Qozog‘iston xalq assambleyasi Qozog‘iston о‘zbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Dо‘stlik” hamjamiyati, О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” radiokanali hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida о‘zbek she’riyatining malikasi Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan «Bahor keldi seni so‘roqlab…» mavzuidagi kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shoira she’rlarini ifodali о‘qish bо‘yicha bo‘lib o‘tgan ushbu Xalqaro tanlovda akademiyaning bir guruh talabalari faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Tanlov g‘oliblari kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan