Shu kunlarda uyg‘onish va yangilanish, qut-baraka elchisi Navrо‘zi ayyom shukuhidan dillar yayramoqda. Zero, tinch va osoyishta yurtimizga tо‘y-tomoshalar, bayramlar yarashadi.
Mamlakatimizda Navrо‘z qadriyatlari bilan joriy yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishida ham о‘zgacha uzviylik mujassam. Aytish joizki, Navrо‘z о‘zaro qadr-qimmat, xayru sahovat, mehr-oqibat timsolidir.
Ezgulik, sahovatga yо‘g‘irilgan uyg‘onish, yasharish ayyomi bu yil dillarimizni yanada quvonch-u shodlikka chulg‘adi. Navrо‘z xalqimizni tinchlik, bahamjihatlik, xayr-u sahovatga chorlamoqda.
Hurmatli jamoamiz a’zolari va talaba-yoshlar! Sizlarni mana shu gо‘zal, tarovatli Navrо‘z ayyomi bilan chin dildan qutlayman. Sizlarga, avvalo, sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman. Kelgusi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyat va omad yor bо‘lsin. Umumxalq bayrami – Navrо‘zi olamning hayotbaxsh ziyosi qalbingizni poklab, nurafshon etsin!
Yana bir bor Navrо‘z bayramingiz muborak bо‘lsin, azizlar!
Hurmat bilan,
Shuhrat Toxtasimov,
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori