Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida ulug’ bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qozog‘istonlik soha mutaxassislari ishtirok etib, Amir Temur barpo etgan madaniy rivojlangan mamlakat tarixi, uning jahon svilizatsiyasidagi o‘rni va bugungi kunda Temuriylar tarixini chuqur o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Tadbir davomida Oʻzbekiston – Qozogʻiston Respublikalari oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik, ijodiy hamkorlik taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi uchun OʻzDXA rektori, professor Shuhrat Toxtasimov Qozogʻiston oʻzbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Doʻstlik” hamjamiyatining xalqaro “Doʻstlik” medali bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Qozogʻiston oʻzbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Doʻstlik” hamjamiyati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk soʻz sanʼatkori” mavzusidagi Xalqaro ilmiy – maʼrifiy anjuman va onlayn tanlov gʻoliblari Karamova Raʼno, Qurbonova Gulmira, Ismatova Surayyo, Abduzohidova Dildoralarga diplom topshirildi.

Sohibqiron Amir Temur tavvaludining 686 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarda katta taasurot qoldirdi. Ular buyuk ajdodlar vorisi ekanliklarini, o‘zlarini munosib avlod sifatida namoyon etish farzandlik burchlari ekanini yana bir bor chuqur angladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan