«ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O‘YINI TASHKIL ETILDI

 

Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida tashkil etilgan «Besh tashabbus – besh imkoniyat» loyihasi doirasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Akademiyaning eng bilimdon talabalaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashib, berilgan savollarga hozirjavoblik bilan javoblar yo‘lladilar. Turli sohalarga oid mantiqiy savollar talabalarning bilimlari va fikrlash qobilyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

O‘yin davomida eng ko‘p to‘g’ri javoblar yo‘llab, «Aristokratlar» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga «Apple» va «Diamond» jamoalari munosib deb topildi.

O‘yin so‘ngida eng faol bilimdon talabalar akademiya rahbariyati va Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bilimdonlarga «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan