NUTQ MADANIYATIDAN MAHORAT DARSI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 28-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida nutq madaniyatidan mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu mahorat darsida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Sahna nutqi» kafedrasi dotsenti Ma’suma Hojimatova talabalarga nutq madaniyatining boshlang‘ich bilimlari ovoz, nafas va talaffus bilan ishlash mashqlarini olib bordi. Talabalar nutq madaniyatining kasbiy faoliyatda, ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqida ham atroflicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Savol-javoblar, she‘riy aytishuvlar, fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tgan mazkur mahorat darsi so‘ngida bu kabi amaliy mashg‘ulotlar kelgusida dastur asosida muntazam tashkil etilishi to‘g’risida ustoz Ma’suma Hojimatova bilan kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan