О‘ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI KOREYA RESPUBLIKASINING SHINXAN UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLADI

Ma’lumki, 2022-yil 25 – 30-aprel kunlari Xiva shahrida ilk marotaba tashkil etilgan “Lazgi” raqsi Xalqaro festivali bо‘lib о‘tdi. Festivalda 30ta davlatdan tashrif buyurgan 175 raqs san’ati ustalari, professional raqs jamoalari, san’atshunos olimlar, taniqli san’at namoyandalari, shuningdek, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xoreografiya san’ati sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish maqsadida, festival doirasida, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Koreya Respublikasining Shinxan Universiteti о‘rtasida 2022-yil 1-may kuni hamkorlik tо‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur Memorandumda о‘qituvchi va talabalarning о‘zaro tashrifi, akademik ma’lumot va materiallar bilan almashuv, mazkur ta’lim muassasalarida xamkorlik asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish nazarda tutilgan.

Memorandum imzolanganidan sо‘ng, esdalik sovg‘alarini topshirish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan