MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 17-sentabr kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xoreografiya kaferdrasi dotsenti O.Kamarova va o’qituvchi G.Abdiyeva tomonidan Mirzo Ulug’bek tumani 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida mahorat darsi tashkil etildi.

Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan ushbu mahorat darsida xoreografiya yо‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan о‘quvchilarga klassik raqs hamda о‘zbek raqs asoslaridan saboq berildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida о‘quvchi-yoshlar va ularning ustozlari bilan suhbat olib borilib, raqs san’atiga oid savollarga javoblar berildi.

Qiziqarli savol-javob, turli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib о‘tgan ushbu mahorat darsida o‘qituvchi va о‘quvchilar о‘zlari uchun katta taasurot hamda bilim-kо‘nikmalarga ega bо‘ldilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan