LOYIHA DOIRASIDA AMALIY ISHLAR QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda Toshkent shahar Yashnaobod tumani 52-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi magistranti Alina Babeshko tomonidan raqs mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlarda Alina Babeshko nogironligi bo‘lgan bolajonlar uchun maxsus moslashtirilgan milliy raqslarimizning xolat va harakatlarini o‘rgatish bilan birga ularning raqs ijro etish imkoniyatlari darajasida kichik etyudlar sahnalashtirmoqda.

Mashg’ulotlar bolajonlarda katta ta’surot qoldirish bilan bir qatorda, raqs san’atiga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, o’zlariga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan