Bugun O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, raqs sohasiga doir ko‘plab nashrlar muallifi, akademiyamizning faxriy professori Gavhar Matyoqubovaning tavallud kuni.
U nafaqat Xorazm raqs maktabining jonkuyari, balki «Xorazm lazgi raqsi»ni YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishining sababchilaridan biri, “Lazgi — muhabbat va qalb raqsi» baletining bosh koordinatorlaridan biri, o‘zbek milliy raqsining dunyo kezishiga sababchilardandir.
Ustoz sanʼatkorimizga, uzoq umr, sihat-salomatlik, faoliyatingizga kuch-g‘ayrat tilab qolamiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Omad doimiy hamrohingiz bo‘lsin!
Hurmatli Ustoz, soha rivojiga ulkan hissa qo‘shishda va ko‘plab shogirdlar yetishtirishda hech ham toliqmang!