Tabrik

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o’qituvchisi Usmanova Gulasal Normuhammad qizini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.San.01.51 raqamli Ilmiy kengashda 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Mustaqillik davri o‘zbek raqs san’atining rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Akademiya jamoasi nomidan Usmanova Gulasal Normuhammad qizini ushbu yutuq bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan