Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 27-mart kuni akademiyada “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat” boʻlimi tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, talabalarga ekstremistik va terroristik faoliyatning moxiyati oʻzgalar ustidan xukmronlikka yoki mavjud siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy tartibotga qarshi zoʻravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali oʻzlarining gʻarazli maqsadlariga erishishdan iboratligi haqida atroflicha tushintirishlar berildi.
Tadbirga tashrif buyurgan Toshkent Islom instituti katta oʻqituvchilari: Joʻrayev Farhod Abdusamatovich, Ubaydullayev Islom Musayevichlarning milliy anʼanalarimizga mutlaqo yot boʻlgan ekstremistik va terroristik gʻoyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi qudratli vositalardan biri bu insonparvarlik, tinchliksevarlik, maʼrifatparvarlik, bunyodkorlik va shuningdek, milliylik va diniy qadriyatlar ekanligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Shunindek, tadbir davomida milliy-diniy qadriyatlarimiz xalqimizni, ayniqsa yosh avlodni Vatanga muxabbat, ajdodlarga sadoqat, zoʻravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka daʼvat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-kudrat manbaidir. Ular na faqat mafkuraviy boʻshliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri xalol mexnati va olamshumul kashfiyotlari ila jaxon tamadduniga salmoqli xissa qoʻshib kelayotgan xalqimizning mentalitetiga tamomila zid boʻlgan terrorchilik gʻoyalarining kirib kelishiga qarshi qaratilgan mustaxkam qalqonligi haqida soʻz bordi.
Talabalarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollar, fikr-mulohazalar tinglanib, davra suhbati mazmunli boʻlib oʻtdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan