O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida «Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB Profilaktika Katta inspektori leytenant G.T. Matisakova tomonidan “Talabalar turar joyi” hamda ijarada yashayotgan talabalarga tashkil etilayotgan huquqiy-profilaktik nazorat ishlarining samaradorligini oshirish xususida ma’ruza qilindi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hushyorlikni oshirish va atrofga befarq bo’lmasliklari borasida tushuntirishlar berildi.