RAHBARIYAT

O`zbekiston davlar xoreografiya akademiyasi rektori

TOXTASIMOV SHUXRAT MAXMUTOVICH

Professor

Qabul kunlari: Payshanba:  10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-98

E-mail: sh.toxtasimov@uzdxa.uz

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich 1960 yil 6 sentabrda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1978 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.

1980-1984 yillarda A.Navoiy nomidagi О’zbekiston Davlat Akademik katta teatrida balet artisti bо’lib ishlagan.

1984-1988 yillarda Moskva Davlat teatr san’ati institutini “Xoreografiya” fakultetida tahsil olib, “Pedagog-baletmeyster” mutaxassisligi bо’yicha bitirgan.

2002 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.

2008-2010 yillarda “Maxsus mumtoz raqs” bо’limi mudiri lavozimida ishlagan.

2011 yilda “Xoreografiya” kafedrasi mudiri bо’lgan.

2012 yilda rektor vazifasini bajaruvchi va 2015 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga (2020 yil 4 fevraldan O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi) rektor lavozimiga tasdiqlangan.

Ma’lumot yo’q

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor

SULTANOVA RUSHANA RAMILOVNA

O’zbekiston xalq artisti

Qabul kunlari: juma. 10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-86

E-mail: r.sultanova@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va tarbiya sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni ta’minlash;

Yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar boʻyicha Ijtimoiy majburiyatni olishi, OTM Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini tashkil etish;

Talaba-yoshlaming ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;

OTM sport-sogʻlomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat etish;

Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talaba va yoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

OTM “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlarga nisbatan chora koʻrish, ular bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish;

OTM tarkibiy tuzilmalariga yoʻnalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek ushbu yoʻnalishda berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha rektorga taqdimnoma kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-oʻqituvchilarga oʻz vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy- ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;

Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga oʻz vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkoriikda ishlash;

Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

JUMAYEV SOBIRJON SAIDOVICH

 

Qabul kunlari: Seshanba: 14:00 – 17:00

Tel: (+998 71) 215-56-59

E-mail: s.jumayev@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

Ma’lumot yo’q

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

KASIMOV NOZIM KOZIMOVICH

Professor

Qabul kunlari: Dushanba. 14:00 – 17:00

Tel: (+998 71) 215-56-96

E-mail: n.kasimov@uzdxa.uz

 

1994-2012 yy.  – Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti kasaba uyushma    

                             qо‘mitasi raisi, о‘qituvchi, katta о‘qituvchi, dotsent, professor, fakultet dekani

2012-2015 yy.  – О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti  

                             dekani, О‘quv ishlari bо‘yicha prorektori

2015-2017 yy.  – О‘zbekiston davlat konservatoriyasi О‘quv ishlari bо‘yicha prorektori

2017-2022 yy. –  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi San’at nazariyasi va tarixi kafedrasi                                       professori, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektori

2022-2023 yy.  – О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ta’lim va ilm-fanni

                             rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

2023-y.  h.v.    –  О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha 

                            prorektori

О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari  va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, kо‘rsatmalarini amalga oshirish;

– Akademiyaning kafedra va boshqa ilmiy bо‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarining samaradorligi yuzasidan muntazam nazorat olib borish, ishlab chiqarish (ijodiy) muassasalar bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, innovatsiyalar (ijodiy ishlar)ni amaliyotga joriy etish masalalarini hal qilish, ilmiy-ijodiy ishlanmalarni turli yarmarka va kо‘rgazmalarda taqdimot etilishini ta’minlash;

– Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar tо‘plamlarini akademiya xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoniga umumiy rahbarlikni olib borish;

– Ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va о‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda о‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda akademiya professor-о‘qituvchilari va xodimlarining ishtirokini ta’minlash, akademiyada ilmiy-ijodiy maktablarni shakllanishiga kо‘maklashish, har qanday samarali ilmiy-ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;

– Akademiyada doktoranturani rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishini ta’minlash hamda akademiya xodimlarini о‘z vaqtida ilmiy unvon
va darajalarni olishiga kо‘maklashish;

– Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga kо‘maklashish, talaba va doktorantlar orasidan nomdor davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

– Yosh olimlar faoliyatini nazorat qilish va ularga kо‘maklashish;

– Xalqaro hamkorlik bо‘limi bilan birgalikda chet el grantlarining ilmiy-tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, ilmiy-amaliy anjumanlarni о‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;

– О‘rnatilgan tartibda akademiya yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirishga kо‘maklashish;

– Akademiyaning mavjud moddiy-texnika bazasi va ilmiy-ijodiy salohiyati doirasida qо‘shimcha pullik xizmatlar (xо‘jalik shartnomalari tuzish) orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-о‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar hamda talaba-yoshlarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

– Akademiyada ilmiy-ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratish jarayonlariga kо‘maklashish;

– Ilmiy-ijodiy yо‘nalishda ijobiy natijalarga erishayotgan professor-о‘qituvchilar, doktorantlar hamda iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish bо‘yicha akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;

– Vakolati doirasida og‘zaki va yozma murojaatlarni kо‘rib chiqish hamda murojaat qiluvchilarni qabul qilish;

– Mehnat intizomini buzgan va xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;

– Raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni, kafedra xodimlari yoki rektorat tavsiya etgan boshqa tadqiqotchilarning himoyaga taqdim etilgan dissertatsiya ishlarini kо‘rib chiqilishini tashkil etish;   

– О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga,  mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, akademiyaning Ustavi, Ichki tartib qoidalari,  Kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qо‘yilgan  maqsad va vazifalarga, shuningdek, о‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Bilishi kerak:

– О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident qaror va farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Madaniyat vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini.

 

Malaka talablari:

– Akademiyada boshqaruv lavozimida zarur bо‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va kо‘nikmalarga;

– Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bо‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, tashkilot strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

– Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bо‘lishi;

– Oliy ta’lim muassasalarining tegishli boshqaruv bо‘g‘inlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki о‘rinbosari yoki bо‘lim boshlig‘i kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bо‘lishi kerak.

Ishlar boshqarmasi boshligʻi

Qabul kunlari: Chorshanba. 10:00 – 12:00

Tel: (+998 71) 215-56-96

E-mail: o.yoldashev@uzdxa.uz

Ma’lumot yo’q

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlarining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
  • Institut moliya-iqtisodiyot ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, xo‘jalik, shuningdek rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan boshqa bo‘limlar ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, dividend va h.k) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
  • Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlar asosida topilgan mablag’larning daromadlar va harajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazishini ta’minlash;
  • Institut harajatlar smetalarining bajarilish, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borishini nazorat qilish;
  • Institutga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshoatlarni rekonstruksiya va capital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Shtat , byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;