Kuni kecha O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi» mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori F. Muxitdinova bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda F. Muxitdinova korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyatga keltirishi mumkin bo’lgan zararlari xususan, demokratik jarayonlarning rivojlanishida to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va natijada barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga sabab bo‘lishi haqida atroflicha, hayotiy voqealar misolida tushuntirib berdi.