O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI
“XOREOGRAFIYA JAMOALARI RAHBARI” KAFEDRASI
O‘zbek milliy raqs san’ati an’analarini asrab avaylash, targ‘ib etish va ular asosida yangi o‘zbek raqs asarlarini yaratish maqsadida
“ORZULAR PARVOZIDA -2023”
Yosh xoreograflar ko‘rik-tanlovini
e’lon qiladi
Ko‘rik-tanlov 2023-yil 19-20-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN
BARCHA AKADEMIYA TALABALARINI TAKLIF ETAMIZ!
Murojaat uchun tel. (+99890 9895688)
2023 yil 19-20-21 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo‘lib o‘tadigan
“ORZULAR PARVOZIDA-2023” YOSH XOREOGRAFLAR KO‘RIK-TANLOVINING
SHARTLARI:
I-BOSQICH
Tanlovning birinchi bosqichiga – O‘zbek raqs san’atining Farg‘ona raqs maktabi asosida sahnalashtirilgan yangi raqs kompozitsiyasi taqdim etiladi. (Sahnalashtirilgan asar 3-5 daqiqadan oshmasligi lozim).
II-BOSQICH
Tanlovning ikkinchi bosqichiga – O‘zbek raqs san’atining Buxoro raqs maktabi asosida sahnalashtirilgan yangi raqs kompozitsiyasi taqdim etiladi. (Sahnalashtirilgan asar 3-5 daqiqadan oshmasligi lozim).
III-BOSQICH
Tanlovning uchinchi bosqichiga – O‘zbek raqs san’atining Xorazm raqs maktabi asosida sahnalashtirilgan yangi raqs kompozitsiyasi taqdim etiladi. (Sahnalashtirilgan asar 3-5 daqiqadan oshmasligi lozim).
Tanlovga yosh xoreograflar tomonidan yaratilgan faqat yangi milliy raqslar taqdim etilishi shart.
(O‘zbek raqs san’atining darg‘alari tomonidan sahnalashtirilgan raqs asarlari ijro etilmaydi)
Sahnalashtirilgan raqs asariga liboslar talab etilmaydi va bu ishtirokchining umumiy bahosiga also ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tanlov doirasida o‘tkaziladigan “Orzular parvozida -2023” yosh xoreograflar ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 3000000 ( uch million) so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
2- o‘rin — 2000000 (ikki million ) so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
3- o‘rin — 1000000 (bir million) so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlov doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan «Eng yaxshi Farg’ona raqs kompozitsiyasi», «Eng yaxshi Buxoro raqs kompozitsiyasi», «Eng yaxshi Xorazm raqs kompozitsiyasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovning asosiy o’rinlaridan tashqari eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs asarlari uchun:
- O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri,
- O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori,
- «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi mudiri,
- Respublikada faoliyat olib borayotgan raqs anasambllarining badiiy rahbarlari, taniqli baletmeyster va raqqoqsalarning ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovrinlari ajratilgan.