Mahorat darsi – Inklyuziv ta’lim

Joriy yilning 3-yanvar kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti Saitova Erkinoy Yakubovna Andijon viloyati Andijon shahar 46-Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy va psixik rivojlanishida og’ir nuqsonlari bo’lgan bolalar bilan raqs mashg’ulotlaridan korreksion-reabilitatsion mahorat darslarini o’tkazdi.

Mashg’ulot davomida E.Saitova alohida yordamga ehtiyoji bo’lgan bolalarda raqs harakatlari orqali ulardagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash ishlarini olib borish zarurligini pedagoglarga amaliy va nazariy tarzda ko’rsatib, tushuntirib berdi.

Ushbu mahorat darslari, akademiyaning katta o’qituvchisi, pedagogika fanlari bo’yciha falsafa doktori Shaxzoda Xudoynazarovaning tashabbusi bilan o’rnatilgan hamkorlik doirasidagi inklyuziv ta’lim bo’yicha raqs terapiyasini rivojlantirish loyihasini o’z ichiga oladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan