O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “VATANGA XIZMAT QILISH – BUYUK MAQSADIM!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirga faxriy mehmonlar: Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Mudofaa vaziri, general-polkovnik Rustam Axmedov va general-mayor Feruz Usmanov, general-mayor Kasimoli Axmedov hamda Mudofaa vazirligining Markaziy xarbiy orkestri, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 81109 – harbiy qism kursantlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tashrif buyurdi.
Markaziy xarbiy orkestri hamda Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosida yangragan Vatanimiz madhiyasi bilan ochilgan bayram dasturi dilbar kuy, qo’shiqlar, harbiy qism kursantlarining jangovar mashqlari, akademiya talabalarining go’zal raqslari bilan bayramona tus oldi.
So’zga chiqqan faxriy mehmonlar hamda akademiya rektori Sh.Toxtasimov barchani bayram bilan tabrikladi.
Tadbir yakunida faxriylarga akademiya jamoasi nomidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.