Xalqaro e’tirof

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va 🇰🇿Qozog‘iston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universitet o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zDXA rektori Sh.Toxtasimov universitet professor – o‘qituvchilari va talabalari uchun «Mahorat darsi», hamkorlikda «Ilm-fan, ta’lim va san’at integratsiyasi: istiqbolli rejalar» mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya, anjuman doirasida O‘zbekiston xalq artisti, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. (https://t.me/uzdxa_official/8020)

Akademik mobillik (https://t.me/uzdxa_official/8298) asosida O‘zDXA dotsenti v.b. filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva 2023 yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha J.Tashenev nomli universitet “O’zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari hamda magistrantlari uchun ma’ruzalar o‘qidi. (https://t.me/uzdxa_official/8270)

Hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, 2024-2025 o‘quv yilida J.Tashenev nomli universitetda xoreografiya san’ati yo‘nalishi ochilishi, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi tashabbuskorligi uchun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.M.Toxtasimov Qozog‘iston Respublikasi J.Tashenev nomli universitetning faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan