E’lon

Talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalardan keng foydalanish, ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu bilan birga iste’dodli yoshlarni respublikaning nufuzli ta’lim tashkilotlari talabalari bilan tajriba almashishini tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2024-yil 3-may kuni “San’at olami-talabalar nigohida” mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
🔰 Konferensiyada respublikadagi san’at va madaniyat sohasi yo‘nalishida ta’lim olayotgan barcha oliy ta’lim muassasalarining magistratura va bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari ishtirok etishlari mumkin.

📎 Axborot xatini ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin
o’zbek tilida 
rus tilida 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan