Xalqaro tanlov

“Navoiy o‘qishlari” Xalqaro ko‘rik – tanlovi Qozog‘istonda
Joriy yilning 9–10 fevral kunlari Qozog’istonning Chimkent shahrida Qozog’iston Xalq Assambleyasi, Qozog’iston o’zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati, Jumabek Tashenev nomli universitet, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida “Navoiy o‘qishlari” Xalqaro ko‘rik–tanlovi bo‘’lib o’tdi, hakamlar hay’atiga O‘zDXA “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti v. b., filologiya fanlari doktori (DSc) H.Hamroyeva raislik qildi.
Xalqaro tanlovda, shuningdek, O‘zDXA Urganch filiali professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi mas’ul xodimi Javohir Tursunov, Olmaotadagi bosh konsullik konsuli Dilshod Sobirov, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati raisi Ikromjon Hoshimjonovlar ishtirok etishdi.
Mamlakatimizning oltita oliy o‘quv yurti vakillari ishtirok etgan mazkur Xalqaro ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi sharafini san’atshunoslik yo‘nalishi talabalari himoya qilib faxrli 1, 2, 3- o’rinlar sohibi bo’ldilar. G‘oliblar diplom, esdalik sovg‘alari va yangi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
“Navoiy o‘qishlari” Xalqaro ko‘rik–tanlovi O‘zbekiston va Qozog‘iston OAVlarida keng yoritildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan