“Biz islohotlarimiz kо‘lami va samarasini yanadaoshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim vahunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz”.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Joriy yilning 3-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “San’at olami-talabalar nigohida” mavzusidagi talabalarning ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Mazkur anjuman talaba-yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish va ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalardan keng foydalanish, ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu bilan birga iste’dodli yoshlarni respublikaning nufuzli ta’lim tashkilotlari talabalari bilan tajriba almashishini tashkil etish maqsadida o’tkazildi.
Anjumanni akademiya rektori, professor Sh.M.Toxtasimov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Anjuman o’z ishini sho’balarda davom ettirdi.