9-sentyabr kuni barcha oliy ta’lim muassasalarida 2024-2025 o’quv yili uchun “start” berildi.

O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida davlatimiz madhiyasi yangrab boshlangan “Birinchi kurs maktabi” mavzusidagi 1-bosqich talabalari bilan akademiya rahbariyati va mas’ul xodimlarining uchrashuvi hamda “Mustaqillik darsi” tadbirlari ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida shuningdek, talabalarga o’quv jarayonida uzviy bog’liq bo’lgan barcha mas’ul xodimlar tanishtirilib, qaysi masalada kimga murojaat qilishlari mumkinligi haqida tushuntirish berib o’tildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan