Diqqat, diqqat!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 17.00.09 – “Raqs san’ati” ixtisosligi bо‘yicha tayanch doktorantura (Phd)ga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
 
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

✅ ariza;
✅ qisqacha biografik ma’lumotnoma;
✅ B1 darajadagi xorijiy til sertefikati;
✅ mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
✅ Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
✅ ilmiy ishlar rо‘yxati 3.4 shakl, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlagan mavzusi bо‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
✅ ish joyidan tavsifnoma;
✅ pasport nusxasi;
✅ ilmiy rahbar rozilik xati.
 
📥 Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

✅ Ma’lumot о‘rnida, tasdiqlangan kvota bо‘yicha 2 ta о‘ringa mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bо‘lib о‘tadi.

📞 Murojaat uchun: +998 90 821 54 44, @tursunovna_sh

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan