Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova hokim o‘rinbosarlari, tumandagi O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo‘lib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, O`zbekiston davlar xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov, prorektorning birinchi o‘rinbosari, O’zbekiston xalq artisti Rushana Sultanovalar hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Tuman hokimi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, o‘g‘il-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.